Elektron pochta: info@agroxabarlari.uz

Kurs UZS USD 12 136.92 +14.85 EUR 14 191.70 +4.03 RUB 159.99 +3.60

Malina “Senator” — yuqori hosildor va sovuqqa chidamli nav

Malina “Senator” — Rossiyalik seleksioner V.V. Kichina tomonidan yaratilgan bo‘lib, fermer xo‘jaliklari va tomorqa egalari uchun juda qulay nav hisoblanadi. Ushbu nav yuqori hosildorligi, yirik va bozorbop mevalari bilan ajralib turadi.

Navning botanik tavsifi:

  • O‘rtacha erta pishadigan nav
  • Buta balandligi: 1,8 metrgacha
  • Tikanlarsiz — parvarishi oson
  • Kam yoyiluvchi, ixcham buta
  • Silliq va kuchli novdalar
  • Yon shoxlar hosil qilish qobiliyati yuqori
  • Har bir novdada 10–12 dona meva yetiladi

Mevalarining xususiyatlari:

  • Yirik hajmli
  • Ranggi: qizil-to‘q sariq
  • Yuzasi yaltiroq
  • Konussimon shakl
  • Ta’mi: nordon-shirin
  • O‘rtacha vazni: 7–12 g, maksimal 15 g

Hosildorligi va afzalliklari:

  • Bir tupdan 4,5 kg gacha hosil
  • Mevalar oson uziladi, to‘kilmaydi
  • Chirishga moyil emas
  • Bozor uchun juda mos, uzoq masofaga tashish mumkin

Qishbardoshliligi:

  • –35 °C gacha bo‘lgan sovuqlarga boshpanasiz chidamli
  • Sovuq iqlimli hududlar uchun ideal tanlov

Malina “Senator” — kam parvarish talab qiladigan, barqaror hosil beradigan va daromadli nav. Fermerlar va bog‘bonlar uchun ishonchli tanlov!