Elektron pochta: info@agroxabarlari.uz

Kurs UZS USD 12 136.92 +14.85 EUR 14 191.70 +4.03 RUB 159.99 +3.60

O‘zbekistonliklar 11 oyda veterinariya xizmatlariga 326,5 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ sarfladi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonda veterinariya xizmatlari hajmi 326,5 mlrd so‘mni tashkil etgan. Mazkur ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 20 foizga oshgan bo‘lib, bu aholining chorvachilik va uy hayvonlari sog‘lig‘iga bo‘lgan e’tibori ortib borayotganini ko‘rsatadi.

Hududlar kesimida veterinariya xizmatlari hajmi:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 1,8 mlrd so‘m
  • Andijon viloyati — 23 mlrd so‘m
  • Buxoro viloyati — 12,4 mlrd so‘m
  • Jizzax viloyati — 3 mlrd so‘m
  • Qashqadaryo viloyati — 2,8 mlrd so‘m
  • Navoiy viloyati — 3,1 mlrd so‘m
  • Namangan viloyati — 1,4 mlrd so‘m
  • Samarqand viloyati — 11 mlrd so‘m
  • Surxondaryo viloyati — 68,3 mlrd so‘m
  • Sirdaryo viloyati — 1 mlrd so‘m
  • Toshkent viloyati — 6,9 mlrd so‘m
  • Farg‘ona viloyati — 4,4 mlrd so‘m
  • Xorazm viloyati — 6,2 mlrd so‘m
  • Toshkent shahri — 181,2 mlrd so‘m