Elektron pochta: info@agroxabarlari.uz

Kurs UZS USD 12 136.92 +14.85 EUR 14 191.70 +4.03 RUB 159.99 +3.60

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun QQS “nol” stavkasi joriy qilindi

2026-yil 1-yanvardan boshlab qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan mahsulotlarning (paxta va gʻalla bundan mustasno) realizatsiyasi uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) “nol” stavkasi joriy qilinadi.

Bu boʻyicha Prezidentning “Qishloq xoʻjaligi sohasida qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblashning soddalashtirilgan tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni (PF–153-son, 04.09.2025-y.)da belgilangan.

Shuningdek:

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari roʻyxati Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanib, rasmiy veb-saytlarda eʼlon qilinadi.
Roʻyxatga kiritilgan mahsulotlar uchun xarid qilingan tovarlar yoki xizmatlar boʻyicha toʻlangan QQS summasi 3 kun ichida avtomatlashtirilgan tarzda qaytariladi.
Soliq qoʻmitasi elektron hisobvaraq-fakturalarni real vaqt rejimida xavf darajasiga qarab tahlil qilish tizimini joriy qiladi.

Yuqori xavfli hisobvaraq-fakturalar ulushi 10% dan oshmasligi va QQS summasi faqat toʻliq toʻlangandan keyin hisobga olinishi belgilandi.
Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi Space Gov Monitoring platformasi orqali qishloq xoʻjaligi yerlaridagi ekin maydonlari boʻyicha maʼlumotlarni muntazam yetkazib boradi.