❗️ O‘zbekiston sharoitida mevali bog‘lar barpo etishda tuproqning sho‘rlanish darajasini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Chunki respublikamiz hududlarining katta qismida yerlar turli darajada sho‘rlangan.
🔬 Tuproq sho‘rlanishini laboratoriyasiz aniqlashning eng qulay usuli — portativ EC metr yordamida o‘lchashdir. Ushbu usul tuproqdagi umumiy tuz miqdorini va sho‘rlanish darajasini tezkor aniqlash imkonini beradi.
🔍 EC ko‘rsatkichlariga ko‘ra sho‘rlanish darajalari:
- 0–2 dS/m — sho‘rlanmagan
- 2–4 dS/m — kuchsiz sho‘rlangan
- 4–8 dS/m — o‘rtacha sho‘rlangan
- 8–16 dS/m — yuqori sho‘rlangan
- 16 dS/m dan yuqori — juda yuqori sho‘rlangan tuproq
🌱 Sho‘rlanish darajasiga mos mevali daraxtlar tanlovi:
🖇 O‘rtacha darajadagi sho‘rlanishga chidamli mevalar:
- Anor
- Anjir
- Uzum
🌲 Kuchsiz sho‘rlangan va sho‘rlanmagan tuproqlarga mos mevalar:
- Nok
- Bodom
- Olma
- O‘rik
- Apelsin
- Shaftoli
- Limon
- Olxo‘ri