Elektron pochta: info@agroxabarlari.uz

Kurs UZS USD 12 136.92 +14.85 EUR 14 191.70 +4.03 RUB 159.99 +3.60

O‘zbekiston xorijga 1,9 mlrd dollarlik meva-sabzavotlar eksport qilgan

📦 Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistondan xorijga qiymati 1,9 mlrd AQSh dollariga teng bo‘lgan 2 mln tonna meva-sabzavotlar eksport qilgan.

📈Eksport qiymati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 36,8% oshib, jami eksportdagi ulushi 6,3% ni tashkil etdi.

📄Ularning tarkibi quyidagicha:

🫐 Meva va rezavorlar – 580,9 ming tonna;

🥕 Sabzavotlar – 553 ming tonna;

🍉 Tarvuz-qovun – 232,9 ming tonna;

🥜 Yeryong‘oq va yong‘oqlar – 25,8 ming tonna;

🟢Mosh – 129,6 ming tonna;

🥗 Boshqalar – 500 ming tonna.