Elektron pochta: info@agroxabarlari.uz

Kurs UZS USD 12 130.01 +32.08 EUR 14 245.48 +50.98 RUB 153.04 +1.27

Qish faslida tok nima sababdan yerga ko‘miladi

Tok sovuqqa sezgir o‘simlik bo‘lgani sababli qish mavsumida uni ko‘mib qishlatish muhim hisoblanadi. Tok barglari to‘liq to‘kilgach, odatda noyabr oyining oxiri yoki dekabr boshlarida, tuproq hali muzlab ulgurmagan paytda ko‘miladi.

Avvalo tok atrofi begona o‘tlardan tozalanadi, qurigan va kasallangan shoxlar kesib tashlanadi. So‘ng tok shoxlari ehtiyotkorlik bilan, sinmasdan yerga egiladi.

Egib qo‘yilgan tok ostiga somon yoki quruq o‘t solish tavsiya etiladi, bu namlikni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shoxlarga o‘tishini oldini oladi. Shundan keyin tok usti 20–30 santimetr qalinlikda yumshoq va quruq tuproq bilan yopiladi.

Tuproqni juda qattiq bosib yubormaslik kerak, chunki havo almashinuvi saqlanishi muhim. Nam tuproq bilan ko‘mish tokning chirishiga sabab bo‘lishi mumkin, shuning uchun faqat quruq tuproqdan foydalanish lozim.

Qish davomida pastqam joylarda suv to‘planib qolmasligiga e’tibor beriladi, zarur bo‘lsa, suv chiqarish uchun kichik ariqchalar ochiladi. Bahorda havo barqaror isib, harorat +8…+10 °C atrofida bo‘lganda tok sekin-asta ochiladi.

Uni birdaniga ochib yuborish tavsiya etilmaydi, chunki kechki sovuqlar yosh kurtaklarga zarar yetkazishi mumkin. To‘g‘ri va o‘z vaqtida ko‘milgan tok qishni bezarar o‘tkazib, bahorda sog‘lom uyg‘onadi va hosildorligi yaxshi bo‘ladi.

Hurmatli fermer va bog‘bonlar!

Qish faslida anorlarni sovuqdan himoyalashga alohida e’tibor qarating. Tokni o‘z vaqtida va agrotexnik talablarga muvofiq ko‘mish orqali daraxtning sog‘lom saqlanishi, bahorgi vegetatsiyaning barqaror boshlanishi hamda kelgusi mavsumda mo‘l va sifatli hosil yetishtirilishiga erishish mumkin.