Soha bo‘yicha texnika ta’minotini yaxshilash va mexanizatsiya darajasini oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Davlat tomonidan mahsulot yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida subsidiya mexanizmlari keng joriy etildi.
Natijada joriy yilning 1-dekabriga qadar qiymati 5,2 trln so‘m bo‘lgan 9 610 ta texnika yetkazib berildi. Shundan 6 947 tasi lizing asosida, 1 898 tasi o‘z mablag‘lari hisobidan, 765 tasi bank krediti orqali fermer xo‘jaliklari va klasterlarga topshirildi.
Yetkazib berilgan texnikalardan:
- 1 439 ta yuqori unumli haydov va chopiq traktorlari;
- 625 ta lazerli yer tekislagichlar;
- 1 942 ta ekish seyalkalari;
- 240 ta g‘alla o‘rish kombaynlari;
- 963 ta paxta terish mashinalari;
- shuningdek 4 401 ta boshqa texnika va agregatlar.
Ayni shu texnikalar mavsum davomida agrotexnik tadbirlarga jalb etilgani fermerlar ish samaradorligini oshirib, hosil sifatining yaxshilanishiga hissa qo‘shdi.