2025-yil 9-dekabr kuni Prezidentning “Paxtachilik va g‘allachilikda hosildorlikni oshirish uchun yuqori samarador intensiv agrotexnologiyalarni qo‘llashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–370-sonli qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2026-yil uchun quyidagi asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar belgilandi:
Asosiy maqsadlar
- Zamonaviy intensiv agrotеxnologiyalarni keng joriy etish orqali paxtada 50 s/ga dan yuqori, g‘allada 100 s/ga hosildorlikka erishish.
- Ilm-fan yutuqlari va ustoz-shogird an’analari asosida yangi tizimni yo‘lga qo‘yish orqali paxtachilikda hosildorlikni oshirish.
2026-yil hosilidan boshlab amalda bo‘ladigan tartiblar
1. Imtiyozli kreditlar
- Tuproqning 1 bonitet baliga nisbatan normativ hosildorlikka 0,7 koeffitsient qo‘llagan holda paxta xomashyosini yetishtirish uchun imtiyozli kreditlar beriladi.
- 0,6 koeffitsientdan yuqori qismiga likvid garov ta’minoti talab etiladi.
2. Agrotеxnik tadbirlarni moliyalashtirish
- Paxta yetishtirishdagi barcha agrotеxnik tadbirlar, jumladan plyonka va tomchilatib sug‘orish shlanglari xaridi imtiyozli kreditlar hisobidan moliyalashtiriladi.
- Kreditlar har yilning yanvar–avgust oylarida tijorat banklari tomonidan ajratiladi.
3. Fermerlar uchun subsidiya
- Yil davomida imtiyozli kredit limitining 50 foizigacha foydalanadigan fermer xo‘jaliklariga sotilgan paxta qiymatining 5 foizi miqdorida subsidiya berish tizimi joriy etiladi.
Manba: Huquqiy axborot