Mangostin — Janubi-Sharqiy Osiyoda keng tarqalgan tropik meva bo‘lib, qadimiy manbalarga ko‘ra, ilk bor XIV asrda Xitoyda yetishtirilgan.
Bu daraxt sekin o‘sadi: ko‘chat ekilgandan so‘ng, taxminan 9-yilda hosil bera boshlaydi. Yetilgan mangostin mevalari asosan avgust oyining ikkinchi yoki uchinchi o‘n kunligida to‘liq pishadi.
Mangostin daraxti o‘rtacha 10–15 metr balandlikka yetadi. Barglari zich, yoyilgan; gullari esa yirik va yoqimli hid taratadi.
Mevasi yumaloq shaklda bo‘lib, to‘q binafsha rangli qalin po‘stloq bilan qoplangan. Po‘stining ichida juda mayin, sershira, oq tusli bo‘laklar (donachalar) bo‘ladi — odatda 6 ta yoki undan ko‘proq. Bitta mevining o‘rtacha diametri 4–5 sm, og‘irligi esa 200–300 g gacha yetadi.
Mangostin hosildorligi ham yuqori: 1 gektardan 100–120 sentner hosil olish mumkin.