Elektron pochta: info@agroxabarlari.uz

Kurs UZS USD 12 003.18 +13.09 EUR 13 987.31 +12.86 RUB 156.68 −1.27

5-dekabr — Butunjahon Tuproq Kuni!

Hurmatli tuproqshunos olimlar, agrar soha mutaxassislari, fermer va dehqonlar!

Sizlarni Butunjahon tuproq kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.
Tuproq — hayot manbai, mo‘l-ko‘lchilik va barqaror rivojlanishning poydevori. Uning har bir qarichi inson mehnati, ilmiy izlanish va oqilona yondashuv natijasida unumdorligini saqlab qoladi.

Bugungi kunda tuproq resurslarini asrash, degradatsiyaga qarshi kurashish, melioratsiya va agroximiyaviy tahlillarni takomillashtirish davlatimiz agrar siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sanaladi. So‘nggi yillarda bu borada olib borilayotgan islohotlarda tuproqshunos olimlar va amaliyotchi mutaxassislarning hissasi beqiyos.

Ushbu muborak sana munosabati bilan barchangizga mustahkam salomatlik, ilmiy va amaliy faoliyatingizda ulkan yutuqlar tilaymiz.

Yurtimiz tuproqlari serunum, dalalarimiz esa mo‘l hosilli bo‘lsin! 🌱🌾