Yevropada joriy yil funduk yetishtirish bo‘yicha oxirgi yillardagi eng past natija qayd etildi. Italiyaning Piedmont, Latsio va Sitsiliya mintaqalarida hosil terimi odatdagidan ancha erta tugagan.
Yalpi hosil hajmi atigi 70 ming tonna atrofida bo‘lib, bu so‘nggi o‘n yillikdagi eng past ko‘rsatkich sifatida qayd etilmoqda. Qiziqarli jihati — Chili ilk bor Italiyadan o‘zib ketishi va funduk yetishtirish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘ringa chiqishi kutilmoqda.
Turkiyada ham vaziyat unchalik ijobiy emas: mamlakat o‘rtacha yillik ko‘rsatkichlarga yetolmaydi, degan prognozlar mavjud. Turkiya va Ispaniyada kuzda kuzatilgan sovuq urishi, shuningdek zararkunandalar ko‘payishi hosildorlikka jiddiy zarar yetkazgan.
Fransiyada holat biroz yaxshi — bu yilgi hosil o‘tgan yilga nisbatan ko‘proq bo‘lgan. Ammo Yevropa bo‘ylab umumiy tanqislik ortgani sababli, qayta ishlovchi korxonalar funduk narxining oshishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.