Elektron pochta: info@agroxabarlari.uz

Kurs UZS USD 12 003.18 +13.09 EUR 13 987.31 +12.86 RUB 156.68 −1.27

Toshkent tumanida zamonaviy issiqxonada eksportbop pomidorlar yetishtirilmoqda

Toshkent viloyati Toshkent tumanida 4 gektarlik zamonaviy issiqxonada pomidorning eksportbop navlari yetishtirilmoqda. Hozirgi kunda bu yerda bir necha turdagi pomidor parvarishlanib, yiliga 400 tonnadan ko‘p hosil olinmoqda.

Hosil pishishi bilan mahsulot shu yerning o‘zida saralanib va qadoqlanib, ichki hamda tashqi bozorlarga jo‘natiladi.

Issiqxona faoliyati Qishloq xo‘jaligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, hosildorlikni oshirish va texnologik jarayonlarni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda.

Ma’lumot uchun, issiqxona “AGRO IMPEX GOLD” xususiy korxonasiga tegishli bo‘lib, 2019-yilda Gollandiya texnologiyasi asosida ishga tushirilgan. Hozirda mazkur majmuada 20 nafar doimiy ishchi mehnat qilmoqda.