Elektron pochta: info@agroxabarlari.uz

Kurs UZS USD 12 003.18 +13.09 EUR 13 987.31 +12.86 RUB 156.68 −1.27

Kartoshka yetishtiruvchi subyektlarga qo‘yiladigan talablar belgilandi

Adliya vazirligi Kartoshkaning «in-vitro» o‘simligi, mikro- va mini-tuganaklarini tayyorlash hamda yuqori avlodli urug‘lik kartoshka yetishtiriladigan hududlar va yetishtiruvchi subyektlarga qo‘yiladigan talablarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami: 3712, 26.11.2025 y.).

Prezidentning 2025-yil 8 sentabrdagi PQ–269-son qaroriga muvofiq qabul qilingan mazkur hujjat bilan kartoshkaning «in-vitro» o‘simligi, mikro- va mini-tuganaklarini tayyorlashda quyidagi talablar belgilanmoqda:

🔹 ilmiy muassasalar va tadbirkorlarning «in-vitro» o‘simligi, mikro- va mini- tuganaklarni yetishtirish faoliyatiga oid talablar;

🔹 masket to‘r bilan o‘ralgan issiqxona yoki himoyalangan inshootlar bo‘yicha talablar;

🔹 ixtisoslashgan tumanlardagi (Bulung‘ur, Zomin, Baxmal, Bo‘stonliq, Shahrisabz, Kitob, Qo‘rg‘ontepa, Yangiqo‘rg‘on va So‘x) kartoshkaning mini tuganagidan yuqori avlodli urug‘lik kartoshka yetishtiruvchi subyektlarning faoliyatiga oid talablar;

🔹 kartoshka yetishtiruvchi subyektlarning hududlari bo‘yicha talablar.

Yuqori avlodli urug‘lik kartoshkani yetishtirishda yer maydoni tuman aprobatsiya komissiyasi tomonidan har yili kamida 2 marta (urug‘lik kartoshkaning gullash davrida va tuganaklar shakllangan davrda) aprobatsiyadan o‘tkazilishi belgilandi.

Manba: Gov.uz/agro