Yod juda samarali antibakterial va zararsizlantiruvchi vosita bo‘lib, nafaqat insonlar, balki o‘simliklar, xususan, qalampirlar uchun ham foydalidir. Uni to‘g‘ri ishlatish orqali qalampir hosildorligini oshirish va kasalliklarning oldini olish mumkin.
Yodning qalampirlar uchun foydalari
Yod urug‘larning tez va sog‘lom o‘sishini rag‘batlantiradi. Ildiz va barglarning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘simliklarni qo‘ziqorinli infeksiyalardan himoya qiladi. Qalampirlarni turli kasalliklarga chidamliroq bo‘lishini ta’minlaydi.
Zararli hasharotlardan himoya qiladi – Infeksiyalar va zararkunandalarga qarshi himoya qatlamini hosil qiladi. Hosildorlikni oshiradi – Yod yordamida hosil sifatini yaxshilash va mevalar miqdorini ko‘paytirish mumkin.
Qalampirlarni yod bilan qanday oziqlantirish kerak?
➖Ildizdan oziqlantirish: Har bir tup ostiga taxminan 1 litr miqdorida aralashmani quyiladi. Bu tupni oziqlantiradi va ildiz tizimini mustahkamlaydi.
➖Bargdan oziqlantirish: Purkagich yordamida aralashmani barglarga purkash kerak. Bu usul o‘simlikni kasallik va zararkunandalardan himoya qiladi.
Haddan ortiq yod ishlatish o‘simlikka zarar yetkazishi mumkin. Haftada bir marta yodli aralashma qo‘llash yetarli. Yod boshqa mikroelementlar (masalan, fosfor va kaliy) bilan birga ishlatilganda o‘simlikka yanada ko‘proq foyda beradi.