Elektron pochta: info@agroxabarlari.uz

Kurs UZS USD 12 003.18 +13.09 EUR 13 987.31 +12.86 RUB 156.68 −1.27

Barqaror hosil va yashil texnologiyalar: Braziliya tajribasi

Braziliya dalalarida endi traktor shovqini o‘rnini robotlar, dronlar va sun’iy intellekt egallamoqda. Fermerlar yer bilan qo‘lda emas, balki sensorlar, kameralar va tahlil algoritmlari orqali “muloqot” qiladi.

Solinftec kompaniyasi yaratgan “Solix AG Robotics” robotlari maydonni skanerlab, begona o‘tlarni aniqlaydi, zararkunandalarga qarshi aniq ma’lumot beradi va hosil holatini tahlil qiladi.

Shuningdek, Braziliyada raqamli qishloq xo‘jaligi loyihalari doirasida dronlar, LiDAR texnologiyasi va tuproq xaritalash tizimlari keng qo‘llanilmoqda. Endi fermerlar yerning har bir qarichini nazorat qilib, suv, o‘g‘it va urug‘ni faqat zarur joyga yo‘naltira oladi.

Eng muhimi — barqarorlik. Kimyoviy o‘g‘it va pestitsidlar sarfi kamayadi, chiqindilar esa deyarli nolga tushadi. Shu bilan Braziliya “yashil texnologiyalar” mamlakatiga aylanmoqda.

Bu tajriba O‘zbekiston uchun ham juda dolzarb. Masalan, soya yoki g‘alla yetishtirishda sensorlar yordamida tuproq namligi va ozuqa balansini kuzatish, dronlar yordamida zararkunandalarni aniqlash nafaqat hosildorlikni oshiradi, balki resurslarni tejaydi.