Milliy statistika qo‘mitasi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-iyun oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari hajmi 194 910,4 mlrd. so‘mni yoki 2024-yilning mos davriga nisbatan 104,0% ni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilikda, ovchilikda va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 188 869,8 mlrd. so‘mni (104,0%), o‘rmon xo‘jaligida – 4 791,5 mlrd. so‘mni (103,1%), baliqchilik xo‘jaligida – 1 249,1 mlrd. so‘mni (109,0%) tashkil qildi.
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari hajmining oshishi, asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish hajmining ko‘payganligi (4,0%) bilan bog‘liq. Barcha toifadagi xo‘jaliklarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining oshishi baliqning – 9,4% ga, polizning – 8,3% ga, tuxumning – 8,2% ga, uzumning – 7,8% ga, mevaning – 6,6% ga va donning – 4,5% ga oshishi bilan izohlanadi.
Xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlillar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmining 75,0% – dehqon va tomorqa xo‘jaliklari, 20,1% – fermer xo‘jaliklari, 4,9% – qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi xo‘jaliklar hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.