Kuzning sokin nafasi dalalar ustida kezarkan, dehqonlar yil bo‘yi qilingan mehnatning samarasi-daladan yig‘ishtirib olingan hosilning cho‘g‘i va sof daromadni baholab, kelgusi yilga tayyorgarlik ko‘rishadi. Shu paytda poytaxtimizda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan “AgroExpo Uzbekistan 2025” ko‘rgazmasi esa agrar sohaning ertangi kuniga tashlanayotgan muhim qadam sifatida e’tiborga loyiqdir. Ko‘rgazma doirasida eksportyorlar va kooperativlar uchun B2B uchrashuvlar, agrar iqtisodiyot, irrigatsiya va davlat qo‘llab-quvvatlash tizimlariga bag‘ishlangan panel muhokamalari tashkil qilinadi. Shuningdek, agrar sohada kadrlar tayyorlash va yoshlar uchun amaliy tajriba imkoniyatlarini taqdim etadigan ish o‘rinlari yarmarkasi ham bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, agrar iqtisodiyot, davlat qo‘llab-quvvatlash tizimlari, irrigatsiya va suv resurslaridan samarali foydalanish masalalariga bag‘ishlangan yirik panel muhokamalari ham o‘tkaziladi. Bu esa mamlakatning qishloq xo‘jaligi siyosati va strategik yo‘nalishlarining yanada takomillashishiga xizmat qiladi.
“AgroExpo Uzbekistan 2025” mamlakat agrar sektorida innovatsiyalar, investitsiyalar va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, dehqonchilikni zamonaviy va samarali tizimga aylantirishga xizmat qiladi. Bu ko‘rgazma nafaqat bugungi hosilning bayrami, balki ertangi hosilning poydevoridir.