Tuproqsiz hayot yo‘q va hayotsiz tuproq ham bo‘lmaydi.
Amerika tuproqshunoslari jamiyatiga ko‘ra, tuproq – bu foydali qazilmalar, havo, suv va tirik organizmlar yig‘indisi bo‘lib, ular qatlamlarda to‘planib, vaqt o‘tgan sayin zichlashib boraveradi. Tuproq bioxilma-xillikning eng yirik rezervuarlaridan biri bo‘lib, sayyoradagi hayotning qariyb uchdan bir qismini o‘zida jamlaydi! Bir qoshiq tuproq milliardlab mikroblar uchun vatan bo‘lishi mumkin.
Tuproq – okeanlardan keyin ikkinchi o‘rinda turuvchi uglerod omboridir.
Tuproq ulgerodning eng yirik manbai, shuningdek, yirik ombori ham – unda quruqlikdagi uglerodning taqriban 75%i saqlanadi. Tuproqning uglerodni saqlashdek tabiiy qobiliyati iqlim o‘zgarishini yumshatish va unga moslashishda muhim ahamiyatga ega.
Tuproq – sayyoradagi tabiiy suvlarning eng yirik filtri.
Qanchalik g‘alati ko‘rinmasin, lekin dunyodagi butun toza suv ta’minoti tuproq tufayli ro‘y beradi – u har yili o‘n ming kubokilometrlab suvni filtrlab beradi. Qattiq yuzaga tushgan suv okeanga butun iflosliklarni olib borib tashlaydi. Tuproqqa tushgan suv esa, tabiiy filtratsiyadan o‘tadi.
Tuproq – jahon oziq-ovqat xavfsizligining kafolati.
Oziq-ovqat bilan ta’minlash tuproqdan boshlanadi, chunki tuproq – biz yeyayotgan barcha narsaning manbasidir.
Sog‘lom tuproq – sog‘lom odamlar.
Tuproqda yashaydigan mikroorganizmlardan tibbiyotda davolash uchun foydalanishlarini bilarmidingiz? Aslini olganda, infeksiyalarga qarshi kurashishda biz qo‘llaydigan barcha antibiotiklarning kelib chiqishi tuproqqa borib taqaladi. Aynan tuproqda yashaydigan mikroorganizmlar insoniyatga streptomitsin va siklosporin kabi hayotiy muhim dori-darmonlar in’om etgan.