Elektron pochta: info@agroxabarlari.uz

Kurs UZS USD 12 003.18 +13.09 EUR 13 987.31 +12.86 RUB 156.68 −1.27

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar boshqaruvi takomillashtiriladi

Prezident Farmoniga ko‘ra, Ekologiya qo‘mitasi tizimidagi mavjud muhofaza etiladigan tabiiy hududlar umumdavlat ahamiyatiga ega muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hisoblanadi.

Shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan mahalliy ahamiyatga ega tabiat bog‘lari, buyurtma qo‘riqxonalari, kurort tabiiy hududlar va botanika bog‘lari tashkil etilishi mumkin.

Qolaversa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan 2026-yil 1-noyabrga qadar 2 tadan mahalliy ahamiyatga ega tabiat bog‘lari tashkil etiladi.