Elektron pochta: info@agroxabarlari.uz

Kurs UZS USD 12 003.18 +13.09 EUR 13 987.31 +12.86 RUB 156.68 −1.27

Oʻzbekistonda yiliga 25 ming tonnadan ziyod asal yetishtirilishiligin bilarmidingiz?

Bugungi kunda mamlakatimizda 20 mingdan ortiq asalari subyektlari faoliyat yuritadi.

Shuningdek, 1,1 million asalari oilalari mavjud. Shuningdek, 2021-yilda 300 mingdan ziyod asalari paketlari eksport kilingan, mahalliy sharoitda asalarichilik naslchilik xoʻjaliklarida 1 million donadan ziyod ona ari yetishtirilgan.

Maʼlumot oʻrnida aytish joiz, Oʻzbekistonda yiliga 25 ming tonnadan ziyod asal yetishtiriladi. Shundan 10 foizi togʻ asali, 50-55 foizi paxta asali, 30 foizi choʻl asali (yantoq, oqquray, isiriq, kavrak, qizilmiya) va 5-10 foizi turli gullar asalidan iborat.

Oʻzbekistonda asosan may oyining oxiri va iyul oyigacha choʻl asali yetishtiriladi. Iyun-avgust oylari paxta asali yetishtiriladi. Iyul-sentyabr oylarida togʻ asali yetishtiriladi.

“Oʻzbekiston asalarichilari“ uyushmasi matbuot xizmati