Elektron pochta: info@agroxabarlari.uz

Kurs UZS USD 12 003.18 +13.09 EUR 13 987.31 +12.86 RUB 156.68 −1.27

Ekinlar unuvchanligini necha yil saqlaydi?

Ko‘pchilik sabzavot ekinlarining endigina yetilgan urug‘lari juda sekin unadi yoki umuman unib chiqmaydi. Chunki urug‘ bu paytda tinim holatida bo‘ladi va bu davr 2-3 oy davom etadi. Biroq pomidor va oshqovoq urug‘lari yetilgach, tezda unib chiqadi.

Urug‘lar unuvchanligining saqlanishi ekinning turiga, parvarishlash sharoitiga, yig‘im-terimga, undan keyingi holati va saqlanish sharoitiga bog‘liq.

Oddiy sharoitda quyidagi ekinlarning urug‘lari unuvchanligini yo‘qotmaydi:

✅Ukrop, petrushka, selderey, piyoz va shovul — 3 yilgacha.
✅Sabzi, salat, ismaloq va qalampir urug‘i — 4 yil,
✅Rediska, karam, lavlagi, sholg‘om, ravoch — 5 yil,
✅No‘xat va makkajo‘xori — 7 yil,
✅Baqlajon, bodring, qovun hamda loviya – 9 yil.

📌Unutmang, urug‘larning unib-o‘sishi uchun namlik, issiqlik va kislorod yetarli miqdorda bo‘lishi lozim.