Elektron pochta: info@agroxabarlari.uz

Kurs UZS USD 12 003.18 +13.09 EUR 13 987.31 +12.86 RUB 156.68 −1.27

18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun!

1991-yil 18-noyabr kuni O‘zbekiston Davlat bayrog‘i tasdiqlanib, mustaqilligimizning muhim ramzlaridan biriga aylandi. Bayrog‘imizdagi ranglar va ramzlar xalqimizning tarixiy ildizlari, ezgu an’analari va yorug‘ kelajak sari intilishini ifodalaydi.

🔹 Moviy – osmon musaffoligi va tinchlik
🔹 Oq – poklik va ezgulik
🔹 Yashil – yangilanish va taraqqiyot
🔹 Qizil chiziqlar – hayot davomiyligi
🌙⭐ Yarim oy va yulduzlar – milliy o‘zlik va qadriyatlar timsoli

Davlat bayrog‘iga hurmat ko‘rsatish – Vatanga sadoqat ifodasidir. U mamlakatimizning xalqaro maydondagi o‘rni, suvereniteti va milliy g‘ururini ifodalovchi ulug‘ ramzdir.