Elektron pochta: info@agroxabarlari.uz

Kurs UZS USD 12 003.18 +13.09 EUR 13 987.31 +12.86 RUB 156.68 −1.27

Olmaning Renet Simirenko navi haqida nimalarni bilasiz?

Olmaning ushbu navi Ukrainaning Cherkas viloyati, L.P. Simirenko nomidagi Mliyev bog‘dorchilik tajriba stansiyasida yaratilgan bo‘lib, 1959-yildan Respublika Davlat reyestriga kiritilgan.

Nav kechki hisoblanib, mevasi sentabr oyining ikkinchi o‘n kunligida pishadi.

Daraxtning bo‘yi o‘rtacha – 4,6 metr, shox-shabbasi keng va egilib turadi, to‘rtinchi yili hosilga kiradi.

Mevasi dumaloq-konussimon, yashil rangli, o‘rtacha vazni – 140 grammni tashkil etadi. Eti ko‘kimtir-sarg‘sh, zich. Shirin, mazali va nordonroq ta’mga ega.

1 gektar yer maydonidan hosildorligi – 154,7 sentner bo‘lsa, qayd etilgan eng yuqori hosildorligi – 285 s/ga teng.