Uzumning ushbu navi Saudiya Arabistonida yaratilgan bo‘lib, O‘rta Osiyoga VII-VIII-asrlarda kirib kelgan.
Bu nav kechpishar bo‘lib, tupi katta, yelpig‘ichsimon taraladi, sho‘r tuproq va sovuqqa chidamli. Uzum donalari keng konussimon. Mevasi pishib yetilayotganda pushti rangda bo‘ladi. Ta’mi anor mazali va biroz taxirroq.
Bir bosh uzumning o‘rtacha vazni – 390 gramm. G‘ujumi yirik, uzunchoq-silindrsimon, eti go‘shtli va sershira. Kurtak yozilishidan mevasi pishgungacha bo‘lgan davr 155 kundan iborat.Kasallik va sovuqqa o‘rtacha chidamli, uzoq vaqt yaxshi saqlanadi. Konserva mahsulotlari (marinad, murabbo, sharbat, jem) va sharob tayyorlashda foydalansa bo‘ladi.
1 gektar maydondan hosildorligi – 184,8 sentner bo‘lsa, qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich – 374,4 s/ga ni tashkil etadi.