Elektron pochta: info@agroxabarlari.uz

Kurs UZS USD 12 003.18 +13.09 EUR 13 987.31 +12.86 RUB 156.68 −1.27

Anjirning foydali jihatlari va qanday sharoitda yetishtirishni bilasizmi?

Bugungi kunda anjirni har qanday sharoitda yetishtirish mumkin. Tanlangan yer unumdor va turli begona oʻtlardan holi boʻlsa, yetishtirish ham osonroq kechadi.

Anjir daraxti rivojlanishi uchun quyosh nuri va unumdor yerni talab qiladi. U 300 yildan ortiq yashashi mumkin.

Biroq, salqin havo va muntazam shamol uning hosildorilihi pasaytiradi. Anjirni asosan mart va aprel oylarida yoki kuz faslida ekish tavsiya etiladii.

Shuningdek anjirni muntazam isteʼmol qilish yurak-qon tomir tizimi uchun foydali hisoblanadi, organizmdagi yomon xolesterin miqdorini kamaytiradi.

Anjir mevasi tarkibida 10-28% gacha, quritilganda esa 86% gacha shakar, 0,22-0,59% organik kislotalar, A, S, V vitaminlar, mineral tuzlar (fosfor, magniy, kaliy temir) bor.