Banan o’zining ozuqaviyligi, turli vitaminlarga boyligi bilan qadrlanadi. Ahamiyatlisi, uning qobig’i ham ba’zi o’simliklar uchun tabiiy o’g’it tayyorlashda ishlatiladi.
Banan poʻstlogʻi poya va ildizlarning oʻsishi uchun zarur boʻlgan kaliyga, shuningdek, azot va magniyga boy. U fotosintez jarayonida qo’shimcha quvvat bo’lib, ozuqa moddalarining so’rilishini yaxshilaydi.
Ushbu meva po’stlog’idan tayyorlangan tabiiy o’g’it meva yetishtirish uchun, shuningdek qovoq, baqlajon va bodring kabi sabzavotlar uchun juda mos keladi.
O’git qanday tayyorlanadi?
10 litr suv uchun bir kilogramm banan qobig’i yetarli hisoblanadi. Ikkisi me’yoriga yetguncha aralashtiriladi. Bu jarayonda quyosh nuridan saqlanish lozim. 48 soatlik maseratsiyadan keyin filtrlanadi. Olingan suyuq o’g’it 1/3 o’g’it va 2/3 suv bilan suyultirilishi kerak.