Elektron pochta: info@agroxabarlari.uz

Kurs UZS USD 12 003.18 +13.09 EUR 13 987.31 +12.86 RUB 156.68 −1.27

Toshkent viloyatida pomidor yig‘im-terimi boshlandi

Toshkent viloyati Toshkent tumani «Sabzavot MFY» hududida joylashgan “Baxtiyor Mirishkor Fayz” fermer xo‘jaligida Janubiy Koreya texnologiyasi asosida zamonaviy 5 gektar issiqxona barpo etilgan.

Hozirgi kunda mazkur issiqxonada pishib yetilgan pomidorlarni yig‘ib olish ishlari davom etmoqda. Hosilning bir qismi MDH davlatlariga eksport qilinadi, qolgan qismi esa mahalliy bozorlarga yo‘naltiriladi.

Shuningdek, «Ibrat MFY» hududida joylashgan «AGRO HAMKOR EKSPORT» MCHJga qarashli issiqxonada Turkiya texnologiyalari asosida pomidor ko‘chatlarini ekish uchun yer tayyorlanmoqda.