Elektron pochta: info@agroxabarlari.uz

Kurs UZS USD 12 003.18 +13.09 EUR 13 987.31 +12.86 RUB 156.68 −1.27

Shirin kartoshka – batat haqida eshitganmisiz?

Batat (ipomoea batatas) – shirin kartoshka, pechakguldoshlar oilasiga mansub ko‘p yillik, issiqsevar o‘simlik bo‘lib, poyasi serbarg, yerga taralib o‘sadi

Kartoshkaning bu turi tropik hududlardagi koʻp yillik oʻsimlik hisoblanadi. U oddiy kartoshka kabi aprel yoki may oyida ochiq maydonlarda ekiladi. Faqat tuprogʻi unumdor va ozuqalar bilan toʻyintirilgan boʻlishi zarur.

U quyosh nurini xush koʻradi. Ildizlarining yaxshi rivojlanishi uchun ham bu zarur. Harorat 20°c boʻlishi kartoshkaning tezroq hosilga kirishiga yordam beradi.

Shirin kartoshkani zararkunandalar va begona oʻtlardan doimiy himoya qilish kerak. Muntazam sugʻorib, tuproqni salqin tutish muhim. Toʻyintirish uchun esa, tabiiy organik moddalardan tayyorlangan kompost va mulchdan foydalaniladi.

Terim mavsumi sentabr yoki oktabr oylarida boshlanadi. Terilgan kartoshkani 1 kun quyosh ostida, ochiq maydonda saqlash kerak. Sovuq, quruq va kislorodsiz joyda u uzoq yashay olmaydi. Undagi kraxmal shakar kabi shirin taʼmga aylanishi uchun 2 hafta kutiladi.

Kartoshka tabiiy shirinligi sababli har qanday taomni mazali qila oladi. Shuningdek unda inson salomatligi uchun zarur boʻlgan kaliy, A vitamini va antioksidantlar mavjud.