Elektron pochta: info@agroxabarlari.uz

Kurs UZS USD 12 003.18 +13.09 EUR 13 987.31 +12.86 RUB 156.68 −1.27

O‘zbekiston dalalarida 1 million tonna qovun yetishtirildi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, qishloq xo‘jaligining barcha yo‘nalishlaridagi xo‘jaliklar qovun yetishtirishda faol ishtirok etdi va umumiy hosil qariyb 1 million tonnaga yaqinlashdi.

Xususan:

  • Fermer xo‘jaliklari hissasi eng yuqori bo‘lib, ular tomonidan 512,4 ming tonna qovun yetishtirilgan;
  • Dehqon va shaxsiy tomorqa xo‘jaliklarida esa 389,6 ming tonna shirin meva olingan;
  • Shuningdek, qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar ham 51 ming tonna mahsulot ishlab chiqarishga erishgan.

Qovun — nafaqat mahalliy bozorda talab yuqori bo‘lgan, balki eksportbop mahsulot sifatida ham ahamiyat kasb etadi. Ichki bozorda xaridorgirligi, ekologik pokligi va shifobaxsh xususiyatlari tufayli, har yili yurtimizda qovun yetishtirish hajmi ortayotgani kuzatilmoqda.