Olmanining Vaynsen navi AQSHda yaratilgan bo‘lib, 1959-yildan Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Surxondaryo viloyatlari, 1974-yildan Toshkent viloyati va 1982-yildan Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha Davlat reyestriga kiritilgan.
Nav kech kuzda pishadi, mevasi sentabr oyining uchinchi o‘n kunligida yetiladi.
Daraxtning bo‘yi 5,8 m, dumaloq keng shox-shabbalidir. Ekilgandan olti yil o‘tib hosil bera boshlaydi.
Mevasi keng konus shaklli, silliq xira och qizil rangli, keng chiziqlar bilan qoplangan. Mevasining o‘rtacha vazni – 141 gramm. Eti sariq, sersuvligi o‘rtacha, mevasi nordon-shirin, juda xushbo‘y.
1 gektar maydondan hosildorligi – 181,8 sentner bo‘lsa, qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich – 68,3 sentnerni tashkil etadi.