Qishloq xo’jlaligi vazirligi ma’lumotlariga ko’ra O‘zbekistonda 2024-yilda 1,4 million tonna piyoz yetishtirilgan!
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda mamlakatimizda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 1,4 mln tonna piyoz yetishtirilgan.
Xo‘jalik toifalari bo‘yicha taqsimot:
- Fermer xo‘jaliklari – 483,3 ming tonna
- Dehqon va tomorqa xo‘jaliklari – 858,9 ming tonna
- Qishloq xo‘jaligi tashkilotlari – 63,6 ming tonna
Piyoz yetishtirish hajmi so‘nggi yillarda barqaror o‘sib bormoqda. Bu esa ichki bozorni to‘liq ta’minlash va eksport imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.