Ilmiy nomi: Albizia julibrissin
Vatani: Osiyo (Xitoy, Eron, Yaponya) Tavsif: Bu o‘simlik “ipak daraxt” deb ataladi, chunki gullari yumshoq, ipak tolalariga o‘xshab taraladi. Kechasi barglari yopilib, go‘yo uxlayotgandek bo‘ladi. Bu jarayonni “nyctinasty” deyiladi — ya’ni o‘simliklarning biologik soati.
Parvarishi: Iliq iqlimni va quyoshni yaxshi ko‘radi.
Harorat 20–30°C oralig‘ida bo‘lishi kerak. Namlik o‘rtacha darajada bo‘lishi yetarli.
Qiziqarli fakt:
Albizia daraxti havodagi changni va zararli moddalarning 70% gacha qismini yutadi, shu sababli ekologik jihatdan foydali o‘simlik sifatida shahar bog‘larida ko‘p ekiladi.