Rambutan dunyodagi eng mashhur tropik mevalardan biri bo’lib, o‘zgacha ko’rinishdagi «uzun tuklari» bilan ajralib turadi.
Asosan Malayziya, Tailand, Hindiston va Janubiy Amerika davlatlarida yetishtiriladigan bu mevaning qizil va tukli po‘sti ostida shirin ta’mga ega mayin va oppoq yumaloq mag’zi joylashgan. Tatib ko‘rish uchun albatta mevani o‘rtasidan ikkiga bo‘lish zarur.
Ushbu mevani asosan yangi uzilgan yoki shakar bilan konservalangan holda iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Rambutan yangi uzilgan holatda yoki shakar bilan konservalangan tarzda iste’mol qilinadi. Mevani yetishtirish va iste’mol qilishda esa ehtiyot bo‘lish zarur, chunki xom urug‘lari zaharli hisoblanadi. Ammo qovurilgan urug‘lar mutlaqo zararsiz va hattoki ayrim joylarda yong‘oq o‘rnida ishlatiladi.
Xarid chog‘ida rambutan mevasining rangi muhim belgidir — rangi qanchalik pushti va yorqin bo‘lsa, shunchalik shirin va mazali bo‘ladi.
Tropik mamlakatlarda bu meva nafaqat shirinlik sifatida, balki vitamin manbai va issiq kunlarda organizmni tetiklashtiruvchi tabiiy ne’mat sifatida qadrlanadi.