Elektron pochta: info@agroxabarlari.uz

Kurs UZS USD 12 003.18 +13.09 EUR 13 987.31 +12.86 RUB 156.68 −1.27

Fitomelioratsiya haqida nimlarni bilasiz?

Fitomelioratsiya – ekinlar ekish va ko‘chat o‘tqazish yo‘li bilan yerni yaxshilash va unumdorligini oshirishdir.

Fitomelioratsiya (fito… va melioratsiya) — ekinlar ekish va koʻchat oʻtqazish yoʻli bilan yerni yaxshilash va unumdorligini oshirish. F.dan koʻpincha koʻchma qumlarni mustaqkamlash (toʻsish) va qumlikda daraxtzorbutazorlar barpo etish, yaylovlarni yaxshilash va yuvilgan togʻ yonbagʻirlarini, daryolar yoyilmalarini, shoʻrlangan yerlarni, grunt suvlari yer yuziga yaqin yotgan maydonlarni oʻzlashtirish, shuningdek, dalalarni qurgʻoqchilik, kuchli shamollardan muhofaza qilish maqsadlarida dala ihota urmonzorlari barpo etishda foydalaniladi

Bu o‘simliklar yo‘li bilan sho‘rlangan yerlarda mavsumiy tuz to‘planishining oldini olish va tuproqda namlik zaxirasini saqlab turishdir.

Mavsumiy tuz to‘planishi (sho‘rlanish darajasi) kuchli bo‘ladigan yerlarda tuz ta’siriga chidamli ekinlardan kungaboqar va sorgo, mavsumiy tuz to‘planishi (sho‘rlanish darajasi) o‘rtacha bo‘lgan yerlarga makkajo‘xori, soya, tritikale, javdar, moshning intensiv navlarini ekish tavsiya qilinadi.