Diskret sug‘orish tizimlari suvni yetkazib berish usuli, avtomatlashtirish darajasi va tizimning o‘rnatilishiga qarab turlarga bo‘linadi.
Suvni ekinlarga yetkazib berish mexanizmiga ko‘ra:
– yagona to‘lqinli sug‘orish, ya’ni suv egatlarga bir maromda va bir xil oqim bilan berib qo‘llaniladi. Bu oddiy, ammo suv tuproq namligini chuqur qatlamlarga kirib borishida unchalik samarali emas.
– ko‘p to‘lqinli sug‘orish, suv takroriy impulslarda qo‘llaniladi, tuproq namligini bir xilligini yaxshilaydi va oqimni kamaytiradi. Egat uzunligi 100 m va undan ko‘p bo‘lgan egatlarni sug‘orish uchun yuqori samarali eng mos hisoblanadi.
Avtomatlashtirish darajasiga ko‘ra:
– to‘liq qo‘lda boshqariladigan diskret sug‘orish, belgilangan vaqt oralig‘ida quvurlarda o‘rnatilgan suv chiqaruvchi klapanlarni ochish va yopish qo‘l mehnati yordamida amalga oshiriladi. Bu iqtisodiy jihatdan samarali, ammo mehnatni ko‘p talab qiladi.
– yarim avtomatik diskret sug‘orish, mexanik taymerlar yoki asosiy tekshirgichlardan foydalanib, egatlar orasidagi suv oqimini almashtirib, moslashuvchanlikni saqlab, suvchilar qo‘l mehnatini kamaytiradi.
– to‘liq avtomatlashtirilgan diskret sug‘orish, sug‘orish jarayonini optimallashtirish, suv sarfini yuqori aniqlikda o‘lchash, qo‘l mehnati sarfini kamaytirgan holda, sensorlar va masofaviy monitoring tizimlari orqali sug‘orishni boshqarishni o‘z ichiga oladi.
Agar diskret sug‘orish texnologiyasining turlari va unga qo‘yiladigan talablari, bajariladigan agrotexnik tadbirlar, suvni tejash usullari, innovatsion yondashuvlar va xalqaro tajribalar qiziqtirsa, “Suv” kitob to‘plamidagi “G’o’zani diskret sug’orish” nomli nashr aynan siz uchun.
Unda sohaga oid dolzarb ma’lumotlar, amaliy tavsiyalar va ilg‘or tajribalar yoritilgan.
Suvdan samarali foydalanishga oid bilimlaringizni oshirishni istasangiz, ushbu kitobni o‘qib chiqishni tavsiya qilamiz.